Talaba abituriyent sifatida OTMga hujjat topshira oladimi?

Tavsiya etamiz

Talabalar ham abituriyent sifatida o‘qishga hujjat topshira oladimi? O‘qishga kira olmasa talabalar safidan chiqarilmaydimi?

Ovozli chatda bir talaba do‘stimiz xuddi shu savol bilan murojaat qildi. Unga Xushnudbek Xudoyberdiyevning javobini quyidagi audioda eshitishingiz mumkin.

Javob: hozir O‘zbekistondagi yoki xorijdagi istalgan OTMda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar ham abituriyent sifatida DTM saytidan ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshira oladi. O‘qishga kirsa va o‘sha yerda o‘qishni istasa, hozirgi OTMda o‘z xohishiga ko‘ra, talabalar safidan chiqadi. Agar o‘qishga kira olmasa, hozirgi joyida talabalar safidan chiqarilmaydi. Bunga hech qanday huquqiy asos yo‘q.

«Qo‘shimcha izoh: Ovozli chatda bir narsani aytishni unutibman. Avvallari testga kirgan talabalar o‘qishdan haydalgani rost. Chunki ular o‘qishga qalbaki hujjatlar bilan yoki birovning o‘rniga «paravoz» bo‘lib kirishar edi. O‘shanchun haydalgan. Test paytida bunday qing‘ir niyatli talabalar aniqlansa, hozir ham talabalar safidan chiqariladi.»

, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib o’tamiz OTMlarga o’qishga topshirish uchun ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi. Foydali ma’lumot. my.dtm.uz dan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil yo’riqnoma O’TISh