Tavsiya etamiz
Talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha arizalar qabul qilinadigan hududiy ishchi guruhlari
№ | Hududlar nomi | Mas’ul oliy ta’lim muassasasining nomi | OTM rektori – Ishchi guruh rahbari |
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Qoraqalpoq davlat universiteti | Reyimov A.K. |
2. | Andijon viloyati | Andijon davlat universiteti | Yuldashev A.S. |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti | Barakaev N.R. |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax politexnika instituti | Usmonqulov A.Q. |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi davlat universiteti | Shoimqulov B.A. |
6. | Navoiy viloyati | Navoiy davlat konchilik instituti | Sanaqulov Q. |
7. | Namangan viloyati | Namangan davlat universiteti | Esanov M.X. |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand davlat universiteti | Xalmuradov R.I. |
9. | Sirdaryo viloyati | Guliston davlat universiteti | Xodjiev M.T. |
10. | Surxondaryo viloyati | Termiz davlat universiteti | Toshqulov A.X. |
11. | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona politexnika instituti | Otaqulov O.X. |
12. | Xorazm viloyati | Urganch davlat universiteti | Abdullaev B.I. |
13. | Toshkent shahri va Toshkent viloyati | Toshkent davlat texnika universiteti | Turabdjanov S.M. |
Ishchi guruhlar joriy yilning 15 iyul kunidan 5 avgustiga qadar har kuni soat 900 dan 1700 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 900 dan 1500 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha Toshkent davlat texnika universitetining Aviatsiya fakultetida arizalar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Labzak ko‘chasi, 107-uy
Mo‘ljal: Shayxontoxur tumani 10-maktab yonida
Telefon: 71-241-55-89
Taqdim etiladigan hujjatlar:
- Ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi, joyida to‘ldiriladi)
- Pasport nusxasi
- Reyting daftarchasidan yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnomadan nusxa.
- Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga 3-ILOVA
- Manba: edu.uz