Ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga ajratiladi

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Tadbirda davlat rahbari mamlakat yoshlarini bugungi bayram – Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Prezident forumdagi nutqida iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi.

Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.

“Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap.

Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bilan birga, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz  O‘qishni ko‘chirish Perevod 2022 bo‘yicha ayrim savollarga javoblar yangi tartib bo‘yicha
Прокрутить вверх