Ta’lim krediti olish endi yanada osonlashdi batafsil bilib oling.
Ta’lim krediti ariza berish tartibi
Talaba xotin-qizlar foizsiz, talaba yigitlar esa asosiy stavkada ta’lim krediti olishi mumkin. Ikkalasida ham ta’lim kreditini qaytarish o‘qishni tugagach boshlanadi va 7 yilga beriladi.
Markaziy bank tomonidan talim-krediti.uz sayti ishga tushirilibdi.
👉 talim-krediti.uz saytga o’tish.
Mazkur sayt orqali talabalarning ta’lim krediti olish uchun banklarga arizalarini onlayn yo’llash imkoniyati yaratildi.
Siz ham ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsangiz, talim-krediti.uz sayti orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin.
Banklar ro’yxati
1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qishloq qurilish bank
7. Turonbank
8. Orient finans bank
9. Milliy bank
10. O‘zsanoatqurilishbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank
Eslatma: ta’lim kreditini nafaqat OTM talabalari, balki kollej va texnikum o‘quvchilari ham olishi mumkin. Kunduzgi, sirtqi va kechki ta’limga beriladi. Xususiy OTMlarga ham olish mumkin.
Super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi talaba bo’lishga qulayliklar yaratildi bilib oling.