Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.
Bu haqda Oliy ta;lim vazirligi ma’lum qildi.
Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.
Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
👉 ariza;
👉 toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
👉 krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
👉 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.
⏳ Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.
🗓 Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.
Talabalar quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishi mumkin:
- “Ipoteka bank”;
- “Hamkorbank”;
- “Asaka bank”;
- “O‘zbekiston Milliy banki”;
- “Sanoatqurilishbank”;
- “Agrobank”;
- “Mikrokreditbank”;
- “Xalq banki”;
- “Qishloqqurilishbank”;
- “Turon bank”;
- Orient Finans bank