Tanlov ustuvorligini belgilash qanday?

Tanlov ustuvorligini belgilash

✅ Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Tanlov ustuvorligini belgilash sxemasi

Tavsiya etamiz:

Tanlov ustuvorligini belgilash tartibi

✅ Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 — Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz  2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlari kvotalari yuklab olish

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 — Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Tavsiya etamiz:

Прокрутить вверх