Tarbiya va odat haqida maqollar

Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʼzlarga aytiladi. Maqol oʼzbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli soʼzlashuvda) naql, turklarda ata soʼzi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamsi arabcha [قوڶ] – qavlun – gapirmoq, aytmoq soʼzidan olingan. Ushbu sahifada Tarbiya va odat haqida maqollar keltirilgan

Аygʼir qanday boʼlsa, ot shunday.

Beshikda tekkan, kafanda ketar.

Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning.

Bir qilgan — madad,
Ikki qilgan — odat.

Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.

Bola — yoshidan,
Xotin — boshidan.

Bola koʼrganini qilar,
Ota — bilganini.

Bola — loy, ona — kulol.

Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.

Bolani soʼksang, beti qotar,
Ursang, eti qotar.

Bogʼing boʼlsa, qoʼra qil,
Oʼgʼling boʼlsa, mulla qil.

Boqsang botir qilasan,
Tergasang — tentak.

Buzishga oʼrganma, tuzishga oʼrgan.

Buzuqi qarisa ham, gʼamzasi qarimas.

Bukrini goʼr tuzatar.

Daraxtdan meva olaman desang,
Niholligidan parvarish qil.

Daraxtiga koʼra — mevasi,
Ota-onasiga koʼra — bolasi.

Dard ketar, odat qolar.

Daryo toʼla suv boʼlsa ham,
It tun bilan suv ichar.

Tavsiya etamiz  Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar

Daryo chuchuk — ariq chuchuk.
Daryo achchiq — ariq achchiq.

Yetti yoshga yetguncha,
Yer toʼqmogʼin yersan.

Yetmish yoshga yetguncha,
El toʼqmogʼin yersan.

Igna qayoqqa yursa,
Ip ham shu yoqqa yurar.

Illat ketar, odat ketmas.

Itni qopagʼon qilgan — egasi.

Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar.

Katta boshlar, kichik tashlar.

Kishi yoʼq deb soʼzlama,
Ogʼzing yomon oʼrganar.

Odam boʼlar yigit odatidan maʼlum,
Tulpor boʼlar qulun — muchasidan.

Odam odamdan qutular,
Oʼz feʼlidan qutulmas.

Odat bir, tabiat boshqa.

Olti kun och qolsang ham,
Otang odatini qoʼyma.

Ona suti bilan kirmagan
Tana suti bilan kirmas.

Ona qilsa zoʼrlikni,
Bola tortar xoʼrlikni.

Onadan koʼrgan toʼn bichar,
Otadan koʼrgan oʼq yoʼnar.

Ot bilan boʼlsa eshakning oxuri,
Rangi yuqmas, feʼli yuqar oxiri.

Ot boʼlsang, choparsan,
It boʼlsang, qoparsan.

Ota gʼayrath boʼlsa,
Bola ibratli boʼlar.

Otadan — oʼgʼil, onadan — qiz.

Otasi buzuqning biri — buzuq,
Onasi buzuqning bari — buzuq.

Otasi tentakning birisi — tentak,
Onasi tentakning barisi — tentak.

Otasini soʼrasang — Аhmadi forigʼ,
Onasini soʼrasang — tovoni yoriq.

Tavsiya etamiz  Mehmon va mehmondoʼstlik haqida maqollar

Otning feʼli egasiga maʼlum.

Semiz qoʼzining goʼshti yaxshi,
Oqil onaning — qizi.

Suv bilan ekin oʼsar,
Tarbiya bilan — odam.

Suv boshidan loyqa.

Suv boshidan yaxshi,
Hosil — tagidan.

Sut bilan kirgan jon bilan chiqar.

Soʼksang — soʼkuvingda,
Ursang — uruvingda.

Tayoq ayiqni ham mulla qilar.

Tayoq maymunga namoz oʼqitar.

Tayoq oʼgʼrini toʼgʼrilar,
Goʼr bukrini toʼgʼrilar.

Tananing turqi tuqqaniga maʼlum.

Tarki odat — amri mahol.

Terakka qarab, tol oʼsar.
Onaga qarab, qiz oʼsar.

Toyni ot qilguncha,
Egasi it boʼlar.

Togʼ yerdan oʼsib chiqar,
Odam — ota-onadan.

Tulpor — biyadan,
Mard — enadan.

Tulpor tubiga tortar.

Toʼqqizida qanday — toʼqsonida shunday.

Usta qanday — shogird shunday.

Ustoz bilimli — shogird ilmli.

Xotin olsang, yoshdan ol,
Jilovini boshdan ol.

Charxni buzgan — parrasi,
Qizni buzgan — onasi.

Egasiga koʼra biyasi.

Egri butoqni niholida tobini ol.

Er bolasi — er,
Sher bolasi — sher.

Erka tutsa onasi,
Taltayadi bolasi.

Toʼgʼri tutsa onasi,
Yurtga ega bolasi.

Erka oʼgʼil yovga yaramas,
Erka qiz — ishga.

Tavsiya etamiz  Mardlik va nomardlik haqida maqollar

Eshigi yomonning uyiga borma,
Onasi yomonning qizini olma.

Yugansiz otni oʼrgatib boʼlmas.

Yaramas odat koʼp boʼlar,
Eng yomoni — kunchilik.

Yaxshi kishi bolasi
Yuqoridan siy topar.
Yomon kishi bolasin
Tuyada ham it qopar.

Oʼzing pishirgan osh —
Аylanib ich, oʼrgulib ich.

Oʼrgangan koʼngil oʼrtansa qoʼymas.

Oʼrgangan qiliq oʼlganda qolar.

Oʼgʼlingni sevsang, quldek ishlat.

Oʼgʼri oʼrganganini oʼlguncha qoʼymas.

Qargʼani boqqan bilan qush boʼlmas.

Qiz bersang, otasiga qarab ber,
Qiz olsang, onasiga qarab ol.

Qiz saqlay bilmagan gung etar,
Ipak saqlay bilmagan yung etar.

Qizni onasi tiysin,
Oʼgʼilni — otasi.

Qon bilan kirgan jon bilan chiqar.

Qorindagi qiliq qora yerda qolar.

Qush uyasida koʼrganini qilar.

Qoʼzi qoʼchqordan nishon,
Oʼgʼil — otadan.

Gʼayratlining bolasi tanbal boʼlar.

Hoʼkizning oʼtini yeb,
Qoʼyning qihgʼini qilma.

Прокрутить вверх