Tavsiyanoma ega xotin-qizlar uchun qancha joy ajratilgan?

2021/2022 o‘quv yiliga ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga ajratiladigan davlat grantlari soni hududlar kesimida tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2 000 ta qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratildi.

Shuningdek, tavsiyanomaga ega xotin-qizlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.

My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.

Tavsiya etamiz  OTMlarga kirish imtihonlari tartibi, yangiliklar!
Прокрутить вверх