Tavsiya etamiz
TDYuU qoshidagi akademik lisey bitiruvchilari universitetga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin bu haqda e’lon qilindi.
“Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik liseyning bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3308, 09.06.2021 y.).
Nizomga ko‘ra, TDYuU bakalavriatiga abiturientlar qabul parametrlaridan tashqari TDYuU tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
O‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.
Bunda har yili 10 iyundan kechikmasdan maxsus komissiya tashkil etiladi.
Bitiruvchilar har yili 20 iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi.
Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi (20 iyundan boshlab 5 ish kunidan oshmagan muddatda).
Nizomga ko‘ra, har yili 1 iyuldan kechikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20 iyul’ kunlari o‘tkaziladi.
Suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha abiturientga qo‘yilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.
Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi.
Tavsiya etamiz: Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari e’lon qilindi
Natijalar TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida e’lon qilinadi.
TDYuU bakalavriatiga abiturientlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Akademik lisey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.
Mazkur tartib rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.