Tavsiya etamiz
Hukumat qarori (359-son, 10.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq TDYuUda Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeli joriy etiladi.
Yangi tartibga ko‘ra:
O‘quv yili uchun ta’lim dasturi bir yoki bir nechta modullardan iborat bo‘lib, TDYuU kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
O‘quv yili davomiyligi ham TDYuU Kengashi tomonidan belgilanadi.
Kredit-modul’ tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘quv yuklamasiga teng.
Tavsiya etamiz: Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari e’lon qilindi
O‘quv yuklamasi:
➖ bakalavriatda – 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil ish soatiga;
➖ magistraturada – 30-40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga bo‘linadi.
➖ Talaba bir semestrda 30 kredit, o‘quv yilida esa 60 kredit to‘plashi lozim.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha kreditni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lov qilganidan keyin o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qishi mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz: TDYU qoshidagi akademik lisey bitiruvchilari universitetga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin