Telegram’da spamdan «ozod» bo‘lish siri spamdan qanday chiqish mumkin yo’riqnoma bilan tanishing.
Spam bu – sizga kerak bo‘lmagan, siz kutmayotgan xabardir. «Spam» so‘zining ma’nosini bugungi kunda har bir internet foydalanuvchisi biladi. Bundan tashqari, uni nafaqat bilamiz, balki ko‘pincha o‘z elektron qutimizda ham ko‘ramiz. Yoki Telegram messenjerimizda shunday hodisaga duch kelamiz.
«Spam» – bu akronim, murakkab qisqartma so‘zdir. U «spiced ham» – «ziravorlar bilan vetchina (dudlangan go‘sht)», «achchiq kolbasa», «achchiq vetchina» so‘zining qisqartirilgan shaklidan kelib chiqqan. Shuning uchun ingliz tilidan «spam» so‘zining to‘g‘ri tarjimasini qandaydir «spetchina» — «ziravorlar» va «vetchina» kabi tushunish mumkin.
Biz Telegram messenjerida qanday qilib «spam»dan «ozod» bo‘lishni bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz. «Spam»ga tushgan har bir akkaunt, avvalo, «spambot»ga kirishi lozim. U quyidagicha bajariladi:
Telegramda spamdan chiqish tartibi
- @spambot ga kirib, /start buyrug‘ini bosiladi.
- «Eto oshibka» tugmachasi bosiladi.
- «Da» buyrug‘i bosiladi.
- Keyin «Net, nichego podobnogo ne bilo» jumlasi paydo bo‘ladi.
- «I am not spammer. My number is +9989…….. (spamga tushgan raqamingiz)» yozib yuboriladi.
- Keyingi 24 soat quyidagicha javob keladi:
«Zdravstvuyte,
Vasha zayavka bila rassmotrena spetsialistami komandi. Radi soobщit, chto s Vashego akkaunta snyati vse ogranicheniya.
Chtobi akkaunt ne okazalsya ogranichen snova, pojaluysta, ne otpravlyayte neznakomim lyudyam nejelatelnie dlya nix soobщyeniya, a takje priglasheniya v gruppi ili kanali».
- Tayyor, ochildi. Siz spamdan chiqdingiz!
Eslatma: Birinchi kuni Telegram sizni spamdan chiqarmasligi mumkin. Ikkinchi bora yana yuborish shart! Agar javob kelmasa ham, albatta natijasini tekshiring!
Tavsiya etamiz:
Eng yirik avtomobillar tirbandligiga ega shaharlar:
Eng ko’p haq oladigan sportchilar reytingi: