Temurbeklar maktabiga o’qishga qabul qilish tartibi bilan tanishing marhamat.
“Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda maktablarning 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Saralash tanlovini oʻtkazish muddati Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan belgilanadi. (joriy yilning avgust oyida o’tkazilgan)
Dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda oʻtkaziladi.
Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.
Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
Eslatib o’tamiz 2024-2025-o’quv yilidan boshlab “Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham o’qishga qabul qilinadi.