Tenglik va tengsizlik haqida maqollar

Ushbu sahifada Tenglik va tengsizlik haqida maqollar keltirilgan

Аvatiga chavati,
Qum qozonga — loy tuvoq.

Аyol yerdan chiqqan emas,
Erkak bolasi.
Erkak koʼkdan tushgan emas,
Аyol bolasi.

Аlixoʼja — Xoʼjaali.

Аtlas yamogʼi — atlasga,
Shol yamogʼi — sholga.

Baxtli bilan bahslashma,
Tomlik bilan tenglashma.

Boqqolda mening gapim,
Qassobda sening gaping.

Bel ushlashganda, otangni ayama.

Besh barmoq barobar emas.

Besh panja teng emas.

Besh qoʼl barobar emas.

Beshikdagiga tegma, betingni yular.

Burgut chivin tutmas.

Gul — gulga,
Tikan — tikanga.

Yogʼ — yoqqa,
Goʼsht — goʼshtga.

Yogʼ yoqqa tomar,
Moshobaga jiz ham yoʼq.

Zamoni birning amali bir.

Zamoni boshqaning amali boshqa.

Ikki ot tepishsa,
Oʼrtada eshak oʼlar.

Ikki tentak bir boʼlsa,
Sogʼ odamday gaplashar.

Ikki tuya suykansa,
Oʼrtada chivin oʼlar.

Ikki yalangʼoch hammomda topishar.

Ikki oʼn besh — bir oʼttiz.

Ikki qirchangʼi bir toʼqayda topishar.

Ikki qoʼchqor urishar,
Echkining buti ayrilar.

Ilon tilini ilon tushunar.

Ipni ipga qoʼsh,
Tengini — tengiga.

It bolasi — itga yaxshi,
Qush bolasi — qushga yaxshi.

It,
Itning oʼrtogʼi bit.

It itning quyrugʼini bosmas.

Tavsiya etamiz  Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar

It oydinda topishar.

It sarqitini yoʼlbars yemas.

It chopar, deb bit chopar.

Itning basti — gadoy.

Itning boshini it yer.

Itning ishi gadoy bilan.

Itning oʼrtogʼi — it.

Yoʼling bilib, yoʼldosh qil,
Tenging bilib, tengdosh qil.

Kapasiga yarasha qirmovi,
Eshagiga yarasha tushovi.

Kar karni bilar,
Zoʼr — zoʼrni.

Kishi bilan kishi teng emas.

Kuchuk torn tepasiga chiqsa ham,
Egasidan katta boʼlmas.

Koʼlmak suvga — sassiq alaf.

Koʼp ogʼiz koʼp gapirar.

Koʼp qarining ichida,
Bir bola dono boʼlur.

Koʼp bolaning ichida,
Bir qari bola boʼlur.

Koʼr koʼr bilan qorongʼida topishar.

Koʼr — koʼrga,
Oʼr — oʼrga.

Koʼr koʼrni topar,
Suv — chuqurni.

Koʼrgan bilan eshitgan bir emas.

Loy yorigʼiga — loy,
Chang yorigʼiga — chang.

Loʼli bilan kuchuk oʼch.

Moy berganga moy ber,
Toy berganga — toy.

Nojinsning oshnasi boʼlmas.

Odam bilan odam tengmi,
Аris bilan bodom tengmi.

Odam odamga oʼxshar,
Mol — molga.

Oy bilan kunday boʼl,
Hammaga birday boʼl.

Olma olmadan rang olar.

Ot bilan tepishgan toyning engagi sinar.

Ot tepkisi otga oʼtmas.

Ot tepkisini ot koʼtarar.

Tavsiya etamiz  Yaxshi soʼz va yomon soʼz haqida maqollar

Otang — bozor, onang — bozor.

Otliq yoʼldosh boʼlarmi
Аrbali bilan.
Yoʼrtoq yoʼldosh boʼlarmi
Yoʼrgʼali bilan.

Othq piyodaga hamroh boʼlmas.

Och bilan toʼqning na ishi bor.

Och bola toʼq bola bilan oʼynamaydi,
Toʼq bola och bolani oʼylamaydi.

Och qadrini toʼq bilmas.

Pashsha bolga yopishar,
Kampir — cholga.

Pes pes bilan qorongʼida topishar.

Pes pesni topar,
Suv — pastni.

Pesning chekiga moxov tushibdi.

Piyoda tuyadagi bilan barobar emas.

Piyoz sotganning murch sotgandan xabari bor.

Polopon — boshiga,
Turumtoy — toʼshiga.

Puliga yarasha duosi.
Sabasiga yarasha pishgagi.

Savolga — javob, salomga — alik.

Sizdan ugina,
Bizdan bugina.

Sichqonga — oʼlim,
Mushukka — oʼyin.

Soʼk oshiga — surnay,
Un oshiga — karnay.

Soʼqir otga qoʼtir ot uyur.

Tangalik yerda tenglik yoʼq.

Temirchining bir urgani,
Koʼmirchining ming urgani.

Teng boʼlmay, duch boʼlmas.

Teng yeganni tangri suyibdi,
Ortiq yeganni arvoh uribdi.

Teng tengi bilan,
Keli sopi bilan.

Teng tengi bilan,
Tezak qopi bilan.

Teng tengi bilan,
Toʼn yengi bilan.

Tengini topsang, tekin ber.

Tenglik — kenglik.

Tengsiz bilan teng boʼlma.

Tomdan tarasha tushdi,
Boʼyimga yarasha tushdi.

Tavsiya etamiz  Donolik va nodonlik haqida maqollar

Tuya tuzni sevar,
Yigit — qizni.

Tuya qancha boʼlsa, jihozi — oʼshancha.

Tuya — qancha, yarasi — shuncha.

Tuyadan katta fil bor.

Chigal soqolga temir taroq.

Chumchuq ham oʼz toshicha botmon.

Shu qozonga shu choʼmich.

Yugurukdan yuguruk chiqsa,
Oyogʼi — tipir-tipir.

Oʼzingdan pastga siringni aytma.

Oʼrdak bilan topishgan
Xoʼrozning katagini suv bosar.

Oʼrdak oʼrdak bilan uchar,
Gʼoz gʼoz bilan uchar.

Oʼroqchining ming urgani —
Boltachining bir urgani.

Oʼxshatmaguncha uchratmas.

Oʼgʼrining xotini oʼziga loyiq.

Qizga er topiladi,
Yigitga yor topiladi.

Qora uyga — ola bargak.

Qudang qui boʼlsa, quldek boʼl.

Qush tilini qush bilar.

Qoʼy bilan boʼri bir ogʼilda yashamas.

Qoʼl qoʼlni tank.

Gʼarib koʼngli gʼaribda.

Gʼisht masjidga — yogʼoch mezana.

Hamma odam — bir odam,
Hamma maxluq — bir maxluq.

Прокрутить вверх