Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboev ma’lum qildi.

➖O‘tgan ikki yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida nogironligi bor abiturientlarni oxirgi kunlarga qoldirish, yaqin binolarga joylashtirish, binolarga olib borish, olib kelish uchun transport ajratish imkoniyatini yaratish, test sinovi topshirish jarayonida test topshiriqlarini yechib bo‘lgan, lekin masalan, qo‘li titrab, javoblar varaqasini bo‘yashga qiynalgan nogironlarga dalolatnoma tuzish va qolgan abiturientlarga e’lon qilgan holda yordam ko‘rsatilgan.

✅ Bu yil ham ular e’tiborsiz qoldirilmaydi.

❓Agar matematika fanidan milliy sertifikat olsa, majburiy va ixtisoslik fanidagi matematikaga o‘tadimi?

➖Yo‘q, u faqat ixtisoslik fanlari uchun amal qiladi. Majburiy fanlardan test sinovini topshirish kerak.

❓Elektron to‘lovni amalga oshirishda foiz ham olib qolinadi. Boshqa turda to‘lov qilsa bo‘ladimi?

➖To‘lovni elektron shaklda emas, eng yaqin bankka borib amalga oshirsa ham bo‘ladi. Unda ortiqcha to‘lov olinmaydi.

❓Milliy test tizimi doirasida matematika fanidan test topshirib, 70 foizlik sertifikat oldim. Lekin ko‘nglim to‘lmayapti, boshqatdan topshirsam bo‘ladimi?

Tavsiya etamiz  Chet tili imtihonlari 29-30-oktabr kunlari o‘tkaziladigan bo'ldi

➖Talabgor navbatma-navbat o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos umumta’lim fanlaridan sertifikatlarga ega bo‘lishi yoki biror fandan past ball to‘plagan taqdirda, yuqori natijaga ega bo‘lish maqsadida, uni qayta topshirishi ham mumkin.

🔹Shuningdek, abiturient sertifikati bo‘lsa ham, o‘z ixtiyoriga ko‘ra shu fandan kirish test sinovini topshirishi ham mumkin, monelik yo‘q, bunday hollarda sertifikatdagi emas, kirish test sinovi natijasi hisobga olinadi.

Прокрутить вверх