Kollej va texnikum 2021 kirish test natijalari e’lon qilindi.
2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Texnikum 2021 test natijalari bilish tartibi:
Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shakliga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.
Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.
1-Qadam 👉 ruxsatnoma.dtm.uz saytga kiramiz.
2-Qadam ochilgan oynadan kerakli ta’limni tanlaymiz.
Barchaga omad yor bo’lsin.