Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari uchun ruxsatnomani yuklab olish tartibi bilan tanishing.
2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda. Bunda test sinovlari:
ruxsatnoma.dtm.uz ruxsatnomani yuklab olish tartibi
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Texnikum test sinovlari vaqti
1️⃣ 1-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣ 2-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan o‘tkaziladi.
Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.
Tavsiya etamiz:
Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinov topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishing
Kollej va Texnikumlarda qabul parametrlari kvotalar yuklab oling