Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar OTMga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Mundarija

Qabul qilish tartibi

Hukumat qarori (17-son, 11.01.2022) bilan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari “5 (aʼlo)” va “4 (yaxshi)”, biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot OTM uchun kamida 85 foizi) “5 (aʼlo)” boʻlgan bitiruvchilar kiradi.

Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab 2 yil mobaynida tatbiq etiladi.

O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ushbu tartib harbiy oliygohlar, TDYU va nodavlat OTMlarga taalluqli emas.

Suhbat jarayonlari tartibi

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o’qishga qabul qilishda suhbat jarayonlarida 4 ta savol beriladi va jarayonlar videotasvirga olinadi bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlangani haqida xabar berilgach, Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi kanalida izohlarda ko‘pchilik suhbat jarayonlari bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilishmoqda.

Nizomga ko‘ra suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Suhbat jarayonida bitiruvchilarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan jami to‘rtta savol beriladi:

mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish;

bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash uchun motivasiya (soha kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);

shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (o‘qishga qobiliyat, kasbiy vazifalarni hal qilishda amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlik, mas’uliyatlilik, qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatlari);

tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalarning mavjudligi.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.

Mazkur savollar bo‘yicha baholash mezonlari tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abiturient suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.

Suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abiturientlarga o‘qib eshittiriladi.

Suhbat jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkaziladi.

Jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga ovozli tarzda onlayn translyasiya qilib boriladi.

Suhbat jarayoni to‘liq va sifatli videokuzatuv ostida o‘tkazilishini va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanishini ta’minlash mas’uliyati shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) zimmasiga yuklatiladi.

Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting