Tavsiya etamiz
Demak, birinchi darsimizni ingliz tili grammatikasining muhim qismi — to be fe’lini o’rganishdan boshlaymiz.
To be’ fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. ‘To be’ fe’li asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.
To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are
I shaxs — I + am
II shaxs — you + are
III shaxs — he, she, it + is
Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga «are» ishlatamiz.
Misollar:
- I am a pupil.
Men o’quvchiman. (ot bilan) - He is 18 years old.
U 18 yoshda(dir). (son bilan) - This flower is beautiful.
Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan)
‘To be’ning qisqartma shakli.
Ingliz tilida ‘to be’ning qisqartma shaklini ko’p uchratgansiz.
Bular:
I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re
‘To be’ning inkor shakli.
‘To be’ning inkor shaklini yasash uchun ‘to be’dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.
Misollar:📋
- I am not a pupil. (I’m not a pupil lekin I amn’t EMAS)
Men o’quvchi emasman. - He is not 18 years old. (He’s not yoki he isn’t 18… )
18 yoshda emas. - They are not beautiful. (They’re not yoki They aren’t )
Ular chiroyli emas.
‘To be’ning so’roq shakli.
‘To be’ning so’roq shaklini yasash uchun ‘to be’ fe’lini egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan:
You are a pupil.
Sen o’quvchisan
Are you a pupil?
Sen o’quvchimisan?
Javob berish: Yes, I am/No, I am not