Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari sanasi e’lon qilindi.

📆 2022-2023-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 18:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 50 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, huquq fani bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 62 ball), chet tili fani bo‘yicha 2,1 balldan (jami 42 ball), IQ bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining litsey.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari hamda “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga kirish test sinovlari sanasi e’lon qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting