To`y tabriklari uchun eng sara sherlar

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

To’ylar bo’lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to’riga
Taklif qilay qizlarni
Qani kuyov jo’ralar
Ayting qadax so’zlarni
Davramizga chorlayman
Eng qadrdon do’stlarni
(Umringiz bahordek bo’lsinu xech yomg’iri bo’lmasin
Yozdek issiq bo’lsinu Saratoni bo’lmasin
Kuzdek to’kin bo’lsinu xech hazoni bo’lmasin
Qishdek oppoq bo’lsinu qahratoni bo’lmasin)
Amma tog’a xolalar
Hammalari shod bugun
Yurtimizda ko’p bo’lsin
Shunday go’zal bahtli kun
Bugun yangi hayotga
Qadamlarni qo’yibsiz
Shunday go’zal oqshomning
Ko’rki bo’lib turibsiz
Sizlarga baht tilayman
Qutluq bo’lsin to’yingiz
Shirin o’g’il qizlarga
To’lib yursin uyingiz
(Bahor ko’rkamligi subxidam tongi
Beg’ubor qalbingiz hamrohi bo’lsin
Quvonchlar tilayman yangidan yangi
Dilingiz shodlikka orzuga to’lsin)
Barcha orzularga yeting iloyim
Armondan yiroqda bo’linglar doim
Panohida asrasin qodir xudoyim
Faqat shudir mening bir iltijoyim
To’ylar bo’lsin muborak
Tabriklayin sizlarni
Davramizning to`riga
Taklif qilay qizlarni

& & &

Mundarija

TO‘YBOB SATRLAR «Shuxrat Shon» Ijodidan

Kuyovga xazil

Xotin egov desalar,
Ishonmasdim ilgari.
Endi tan olayapman
Umrim o‘tgani sari.

Xar qadamim o‘lchovda,
Chizgan chiziqda yurish.
Ammamni qizi bilan,
Mumkin emas o‘tirish.

Ko‘chada qizlargaku,
Gapirsam tilim kuyar.
Chiroyli deb qarasam,
Xotin ko‘zimni o‘yar.

Bo‘ydoklik yaxshi ekan,
O‘zing beksan o‘zing xon.
Uylanishga kim seni
Majbur qildi
kuyovjon.

Yoki o‘zing kovushga
Sabzi solib qo‘ydingmi.
Yoningdagi suluvni,
Telbalarcha suydingmi.

Bu muloyim qizchalar,
To‘ydan keyin boshqacha.
Shartlar bajarilmasa,
Chimirilar qoshgacha.

O‘zing topgan pulingni
O‘zing ushlashing qiyin.
Shimingdagi cho‘ntakka,
Kelin bola xo‘jayin.

Ayol zotin xech kami,
Bitgan emas bitmaydi.
Qancha olib bergan
bilan,
Bir kamiga yetmaydi.

Tilla uzuk sirg‘asi,
Atir uppa bo‘yog‘i.
Xar xafta yangi tufli
Kiyish kerak oyog‘i.

Qo‘shni xotinlar sochini
Kessa u xam kesadi.
Xech kuyinma kuyovjon,
Ikki yilda o‘sadi.

Xullas shunaqa gaplar,
Chidash kerak kuyovjon,
Shuning uchun
aytganlar,
Xayot katta imtixon.

Men xazil gaplarimni,
Bir-biriga ulayman,
Kelin bilan kuyovga,
Chin dildan baxt
tilayman.

& & &

Gulday asrab qizini,
qaytarmay er so’zini,
Fido aylab uzini,
qaynona onamasmi ?

Biz kuyganda kuyingan,
Farzand kursak
suyingan,
Xasrat bilan tuyingan,
qaynona onamasmi ?

Kuyov kelsa turda joy,
Bo’lsak biroz erkatoy,
Siz bilmassiz
xoynaxoy,
qaynona onamasmi ?

Bormasak yul k,aragan,
qizing sochin taragan,
Zor kunlarda yaragan,
qaynona onamasmi ?

Do’stlar topmang
kamini, Yashirgan zot kamini,
Baxam baxtli damini,
qaynona onamasmi ?

Farzandingiz erkatoy,
K,izingizni kurib oy,
Bulsa kimlar buldi
boy, qaynona onamasmi ?

Onangizday mexribon,
Maqtar bo’lsangiz
mexmon,
Fulom Nazar der xayron,
qaynona onamasmi ?

BAXTIYoR BU’LINGLAR BAXTLI KIZLARIM.

Begubor Xayotning
kadriga yetib.
Alpkomat yigitning
Mardiga yetib.
Yaratgan Egamga
shukrona aytib.
Baxtiyor bu’linglar
baxtli Kizlarim.

Or nomus Shaningiz
boringiz asrab.
Sadokat timsolin asrab
avaylab.
Muxabbat sexrini
Yurakka joylab.
Baxtiyor bu’linglar
baxtli Kizlarim.

Adashmang Takdirning
yu’llari kaltis.
Ilojsiz goxida
bu’lasiz artist.
Turmush deganlari
bu’lmaydi tekkis.
Baxtiyor bu’linglar
baxtli Kizlarim.

Oila Mukaddas ekanin
ku’rib.
Begingiz yonida parvona
bu’lib.
Mexr muxabbatga limmo
lim tu’lib.
Baxtiyor bu’linglar
baxtli Kizlarim.

Nasiba Feruz.
Andijon Paxtaobod.

ChAQALOQQA TO‘LSIN UYINGIZ!

Bir kun Haqga yetib
ohingiz,
Chinakam baxt hissin
tuyingiz.
Gullab yashnab umr
bog‘ingiz,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

Jannatlardan kelgan
beozor,
Mittivoyni to‘yib
suyingiz.
Farishtadek oppoq
beg‘ubor,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

Mayli hatto tundan
tongacha,
Alla bo‘lsin aytgan
kuyingiz.
Xush ifori singib
jongacha,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

To‘ydan chiqmay aziz
boshingiz,
Elga dasturxonlar
yo‘yingiz.
Oqargandahamki
sochingiz,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

Ajdodlarning ruhin
shod etib,
Musulmonga xos nom
qo‘yingiz.
Dilingizdan qayg‘ular
ketib,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

Oybek yozar yurakdan
jo‘shib,
Baxtdan ko‘kka yetsin
bo‘yingiz.
Umringizga mazmunlar
qo‘shib,
Chaqaloqqa to‘lsin
uyingiz!

QIZ BOLANI HECh QAChON URMANG!

Uyingizda malika
bo‘lsin,
Mayli qasr-saroylar
qurmang.
Ko‘nglidagi yarim oy
to‘lsin,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Tong otmasdan uyg‘onsa
sahar,
So‘ramasa sizdan bir
shahar,
Baxtli bo‘lsin desangiz
agar,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Ko‘zlarida porlasin
quyosh,
Dudoqlari jim
qotmasin tosh,
Axir qizlar bo‘lmaydi
bebosh,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Yarashtirib ro‘mol
o‘raydi,
Sizga Haqdan Jannat
so‘raydi,
Qiz bolani urib
bo‘lmaydi,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Qiz mehribon, kuyinchak
bo‘lar,
Bir kun kelib
kelinchak bo‘lar,
Ko‘tarilsin duoga
qo‘llar,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Hali u qiz bir yor
bo‘ladi,
Kimdir sevgan ayol
bo‘ladi,
O‘g‘il-qiz farzandlar
ko‘radi,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Sizni siylab qiz bergan
Xudo,
Haqqingizga qiladi duo,
Yolvorib men surayman
sizdan
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Xato qilsa tushunar
ayting,
Arazlasa jim qarab
turmang.
Xudo haqqi bu yo‘ldan
qayting,
Qiz bolani hech qachon
urmang!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting