Har bir inson uchun tushda o’lgan odamni ko’rish — ba’zan taskin beruvchi, ba’zan esa yoqimli bo’lmagan va hatto qo’rqinchli tush hisoblanadi. Uyg’ongach, bunday tushning ta’birini bilish ustuvor vazifa bo’ladi, chunki odamni daxshatli narsalar kutayotganidek tuyulaveradi. Biroq, xalq orasidagi noto’g’ri tushunchalarga qaramasdan, agar tushga o’lgan odam kirsa, sizni o’lim bilan bog’liq hech narsa kutmaydi. Ko’p narsa tushda boshdan kechirilgan hissiyotlar va aynan qay bir marhum kirganligiga bog’liq.
Tushda o’lgan odamdan biron narsa olsa, bu juda noxush oqibatlardan so’zlashi mumkin. Tushda o’lgan odamdan biron narsa bersa, bu moddiy farovonlik, ahvolning yaxshilanishi, baxtli hodisalardan darak. Tushda o’lgan inson boy bo’lsa, bu narigi dunyoda u bilan hammasi yaxshi ekanligidan.
Mundarija
- 1 Tushda o’lgan qarindoshni ko’rish: miller tush ta’biri kitobi bo’yicha
- 2 Tushda o’lgan odamni ko’rsa: vanga bo’yicha
- 3 Tushda o’lgan odamni ko’rish: loff bo’yicha
- 4 Tushga o’lgan odam kirishi: svetkov talqini
- 5 Tushda o’lgan insonni ko’rsa: freyd bo’yicha
- 6 Tushda o’lgan odam bilan gaplashsa: katta tush ta’biri kitobi
Tushda o’lgan qarindoshni ko’rish: miller tush ta’biri kitobi bo’yicha
Millerning so’zlariga ko’ra, tushda o’lgan odamni ko’rish — ogohlantirish belgisidir.
- Tushda o’lgan otani ko’rish — yaqin atrofingizda yashirinib yurgan dushmanlardan ehtiyot bo’lishingiz va biznesdagi muvaffaqqiyatsizlikka tayyor turishingiz kerak demakdir.
- Tushda o’lgan onani ko’rish — bosiq bo’lishni va hadeganda atrofdagilarga g’azablanmaslikni o’rganish kerakligidan. Tushga onaning kirishi shuningdek yaqin kelajakda kutilayotgan omadsizliklar yoki kasalliklardan ham ogohlantirishi mumkin.
- Tushda o’lgan akani yoki yaqin do’stni ko’rsa — kimgadir yaqin orada yordamingiz kerak bo’lishidan gapiradi.
Tushda o’lgan kishi tirilsa, uninig ko’rinishi baxtli bo’lsa, bunday tushning talqini — siz kimningdir yaxshi bo’lmagan nazariga tushgansiz va iroda bilan u kishidan qutula olmasangiz, moddiy yo’qotishlarga tayyor bo’lishingiz kerak.
Tushda o’lgan odam bilan gaplashish, suhbatlashish — u sizdan yaqin kelajdakda ulkan baxtsizlikni oldini olishi mumkin bo’lgan va’dani kutmoqdaligidan darak.
Tushda o’lgan odamni ko’rsa: vanga bo’yicha
Tushda tirik odam o’lsa, Vanganing tush ta’biri bo’yicha kasalliklar, ofatlardan ogohlantirish.
Ammo, agar o’lgan odam tushda tirik bo’lsa, u odam sizning do’stingiz bo’lsa, bilingki, u sizni nimadandir ogohlantirmoqda, buni bilish uchun uning so’zlari va xatti-harakatlari nimani anglatishi mumkinligini yaxshila o’ylab ko’rish kerak.
Tushda o’lgan odamni ko’rish: loff bo’yicha
Ushbu tush ta’birlari kitob talqiniga ko’ra, tushda o’lgan odam ko’rish juda muhim masalalarni muhokama qilishni va’da qiladi. Ammo, tushga o’lgan qarindosh kirishi bu kitobda shunchaki uni sog’inish bilan tushuntiriladi.
Agar o’lgan qarindosh tushda tirik bo’lsa-yu, tobutda yotgan bo’lsa, bu umuman boshqa ma’nodir. Bu shuni anglatadiki, yaqin orada juda yaqin bo’lgan kishi bilan munosabatlar to’g’risida jiddiy gaplashib olish kerak bo’ladi. E’tiborli tomoni shundaki, bu noxush suhbatga e’tibor bermaslik jiddiy nizolarga olib keladi.
Tushga o’lgan odam kirishi: svetkov talqini
Agar o’lgan kishi tushda tirik, quvnoq va mamnun bo’lsa, dushmanlaringizning yomon rejalaridan qo’rqib, ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilish kerak bo’ladi.
Tushda marhum qarindosh yoki boshqa yaqin kishilarni tirik holda ko’rsa, bunday tushning ta’biri taqdir elchisi deya talqin qilinadi. Yaqinda hayotingiz keskin o’zgaradi, masalan, yangi ishqiy munosabatlarni yo’lga qo’yasiz yoki ishda kutilmagan taklif qabul qilasiz.
Agar tushga o’lgan eringiz kirsa va sizni uch marta o’psa, bu yaqinda siz yuragingizga yaqin odam bilan vidolashishingizdan darak.
Tushda o’lgan insonni ko’rsa: freyd bo’yicha
Zigmund Freydning so’zlariga ko’ra, o’lgan odam tushga biron narsa to’g’risida ogohlantirish uchun kiradi. Unga diqqat bilan quloq solib, uning so’zlari va maslahatlarini e’tiborga olmoqlik kerak.
Agar tirik bo’lgan insonlar tushda o’lsa, ular bilan munosabatlaringiz qay darajada yaxshi ekanligini o’ylab ko’rishingiz kerak.
Tushda o’lgan odam bilan gaplashsa: katta tush ta’biri kitobi
Eng baxtli hodisalardan darak beradigan tushlardan biri — marhumni tushida tiriklayin ko’rish va uni quchoqlash, bu uzoq umr va baxtli qarilikdan darak beradi.
Tushga o’lgan ota-ona kirsa, sizni allaqachondan buyon o’ylantirib va tashvishga solib kelayotgan yetarlicha murakkab va muhim savolga javob topasiz va osuda hayotni davom ettirasiz.
Ammo agar tushga o’lgan odam kirsa va kishi bunda qo’rqsa, uni yaqin kelajakda ulkan noxushliklar va sinovlar kutmoqda.