Tushda pul kirsa tabiri

Tavsiya etamiz

Pul tushda korsa tush tabiri – Kishi tushidagi pul, yolgʻonga, kurashga, umidsizlikka, omadga tabir qilinadi.

Agar kishi birovdan pul olsa – Demak sizning moddiy axvolingiz unchalik yaxshi emasligidan dalolat. Bundan tashqari ishda muammolaringiz boʻlishi mumkinligidan ogoh etadi. Agar birovdan pul olayotgan boʻlsangiz sizni nimadir tashvishga solyapti. Bu narsalarni bartaraf etish uchun sizdan faqat mehnat talab etiladi. Mehnat orqali oʻz axvolingizni yaxshilab olishingiz mumkin.

Tushda pul korsa: Vanga tabiri

Birovga pul bersa – Agar siz tushda birovga pul berayotgan boʻlsangiz, bu tush yaxshilikka tabir qilinmaydi. Uyda va ishda sizni kichkina dilxiraliklar kutmoqda. Bundan tashqari siz tushda qancha miqdorda pul berdingiz? Bu ham muhim ahamiyatga ega. Tushda birovga pul berish, nafaqat pul yoʻqotish demakdir, balkim sevgi va oila borasida ham muammolar boʻlishi mumkin.

Tushda kimdir pul bersa – Buni tabir qilish uchun oʻsha paytdagi yani tushdagi holat muhim. Agar siz tushingizda hursand holatda pul olsangiz demak qandaydir boshlagan ishingizda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Bordiyu siz hafa holda pul olayotgan boʻlsangiz, demak ishda yoki uyda pul bilan bogʻliq muammolarga duch kelyapsiz.

Tavsiya etamiz: Tushda Ilon ko’rsa tabiri

Tush tabiri pul: Miller tabiri

Pul topib olish – Tushingizda pul topib olsangiz bu nafaqat omadingiz chopishiga balkim biron bir tashkilotga yoki boʻlimga raxbarlikka tayinlanishingiz mumkin. Biroq bu hammasi emas, topilgan pul qancha miqdorda va qaerdan topildi bular ham muhim ahamiyatga ega. Tabirlarda shunday deyiladi kishi tushda pul topib olsa, tez orada boyib ketishiga va yangi ishga koʻtarilishiga, bundan tashqari hayotida katta oʻzgarishlar boʻlishiga ishora qiladi.

Qarz berish – kishi tushda biron kimsaga qarz bersa, va bemor boʻlsa yaqin orada omonatini topshirishiga dalolat. Agar sogʻlom kishi birovga qarz bersa, demak u sevgi borasida biroz qiyinchiliklarga duch kelishidan ogoh etadi. Bordiyu siz tushda barcha qarzlaringizni uzishni uddasidan chiqsangiz, demak oʻngingizda barcha ishlaringizni yaxshi tarafga oʻzgartira olishga qurbingiz yetadi.

Koʻp pul xotirjamlik demakdir

Kop pul korish – Bu albatta yaxhsilikka tabir qilinadi kishi tushda kup pul koʻrsa yoki unga ega boʻlsa, boylik va xotirjamlikka ishora. Lekin bunga erishish uchun biroz koʻngilsiz voqeaga duch kelishingiz mumkinligi haqida ogoh etadi. Taniqli bashoratchi vanga tushdagi pulni quyidagicha tabir qiladi. Pul yangilik, oʻziga boʻlgan ishonch.

Dollor olsa yoki tushda dollor kursa – Chet el valyutsi tushda juda noodatiy tabir qilinadi. Agar tushingizda dollor olsangiz, oʻylagan ishlaringizni amalga oshirishingiz biroz keyinga surilishi mumkin. Bundan tashqari oʻngingizda rejalashtirgan ishingizni boshlashdan oldin yaxshilab oʻylab koʻrishingiz tavsiya etiladi, chunki buning oqibatida omadsizlikka yuz tutishingiz mumkin.