Tushda suv kirsa tabiri

Suv tushda korsa tush tabiri – Tushdagi suv tugʻilish belgisi, yani inson hayotida yangi oʻzgarishlar va voqelar sodir boʻladi. Oʻzgarishlar yaxshi tarafgami yoki yoʻq, bu tushdagi suv loyqa yoki tiniqligiga bogʻliq holatdir.

Agar siz tushingizda tiniq suv koʻrsangiz, umr, rizq, poklik, shifo, tavba deya tabir qilinadi. Bordiyu siz tushingizda oqib oʻtayotgan suvni koʻrsangiz va shu suvdan ichsangiz, oʻngingizda barcha maqsadingizga erishasiz.

Qolaversa shu kabi tushni koʻrgan kishi boylik topadi. Agar siz oʻzingizni tiniq va zilol suv ichida koʻrsangiz, azoblardan qutilishingizga dalolat beradi. Shu suvdan ichgan kishiga halol rizq keladi. Agar siz tushda suvsiz ariq yoki soy koʻrsangiz, haj safariga borishingizdan ogoh etadi. Suvga koʻmilsangiz, boylikka koʻmilasiz.

Loyqa suvga koʻmilsangiz xarom molga ega boʻlasiz, Agar siz tushingizda sovuq suv ichsangiz, osoyishta xayot kechirishingizga dalolat. Tushingizda xovuz ichida suv toʻla boʻlsa, badavlat xamda olim boʻalasiz. Bordiyu shu xovuzdan suv ichsangiz, taqvodor boʻlishingizdan ogoh etadi. Tushda toza suv bilan taxorat olsangiz murod maqsadingizga yetasiz.

Tushda suv korsa: Vanga tabiri

Bashoratchi vanga tushdagi suvni quyidagicha tabir qiladi. Kishi tushidagi tiniq suv, oʻngdagi omad va quvonch daragidir. Agar uyingiz yaqinidan tiniq suv oqib oʻtayotgan boʻlsa, martabangiz yuksalib, moliyaviy axvolingiz yaxshilanishiga dalolat. Tushdagi tiniq suv yaxshilik alomati.

  1. Issiq suv – Bemor boʻlishingizga ishora.
  2. Loyqa suv – xasislik belgisi.
  3. Suv bersa – kimda kim tushida musaffo suvni odamlarga berayotgan boʻlsa, unga insonlardan yaxshilik keladi.
  4. Suv toza boʻlsa – Agar ustingizga toza suv toʻkilib ketsa, oʻngingizda xayr baraka topasiz.
  5. Tiniq suv – Bordiyu siz tiniq suvda suzaayotgan boʻlsangiz, iymoningiz mustahkam boʻladi.
  6. Shoʻr suv – Bunday suv ichgan kishining umri qisqa boʻladi.
  7. Suvning koʻpayishi – Bordiyu siz tushda suv toshayotganini kʻrsangiz, omad sizga kulib boqadi.
  8. Suvning kamayishi – Agar tushingizda suv pastlab ketsa,omad sizdan yuz oʻgiradi.
  9. Suvda cho’kish – Yoʻqotishlar va qiyinchilik.
  10. Suvda cho’milish – Tiniq suv yaxshilik alomati, aksi bolsa qiyinchilik.
  11. Suvda suzish – Umidlarni royobga chiqishi uchun xarakat.
  12. Kochaga suv sepsa – Oila farovonligi yulida mehnat.
  13. Suv parisini korsa – Sevgi borasida etiborliroq bolish tavsiya etiladi.

Svetkova tush tabirida, tushdagi suv quyidagicha tabir qilinadi. Suv bu hayot manbayi, inson hayoti uchun kerakli hisoblandi, shuning uchun suv hoh dengizda hoh kichkina anhorda boʻlmasin, ham dushman ham doʻst hisoblanadi.

Tavsiya etamiz: Tushda tilla kirsa

Tush tabiri suv: Miller tabiri

Miller suvni yangilanish va oʻzgarish deya tabir qiladi. Agar siz toza tiniq suv ichsangiz demak atrofingizdagi barcha narsa va hodisalar yangilanishiga dalolat va bunda siz ham ishtirok etasiz.

Tushdagi loyqa suv esa insonlar bilan boʻladigan muammo, qaramaqarshilik belgisi, bunda, sizdan sabr toqatli boʻlish talab etiladi, aks holda yaqinlaringiz va doʻstlaringiz bilan orangizda sovuq munosabatlar shakillanishi mumkin.

Bordiyu siz tushingizda suvda choʻkib ketsangiz, oʻngda, bu atrofdagi boʻlayotgan ishlarga qarshilik koʻrsatishga urinayotganingizda dalolat. Bunig oqibatida sogʻligingizga jiddiy zarar yetishi mumkin.

Tavsiya etamiz