Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar) hududlaridagi, shuningdek Qrim va Sevastopoldagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
Ukraina o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati 1-qism yuklab olish
Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar bo‘yicha navbatdagi ro‘yxat tasdiqlandi
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
➡️Yaqin kunlarda navbatdagi ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
Ukraina o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati 2-qism yuklab olish