Chet tillar o‘qituvchilari uchun sstama belgilash test sinovi sanalari belgilandi

Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari belgilandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Xabar qilganimizdek 2021-yil 1-noyabrdan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 30-noyabr kuniga qadar davom etdi.

📆 Unga ko‘ra test sinovlarining birinchi bosqichi 2021-yil 26-27-28-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz saytidan shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

🖥 Mazkur ma’lumotlar “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida berilgan.

⏳ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport (ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📌 Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazilmaydi.

Tavsiya etamiz: Chet tili o’qituvchilari uchun ustama haq belgilash test sinovlari, namunaviy testlar, o’tkazilish tartibi bilan tanishing.

Tavsiya etamiz  1 sentabrdan maktab kutubxonachilari oylik maoshi oshiriladi
Прокрутить вверх