Ustama haq belgilash uchun test sinovlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Ustama haq belgilash uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari e’lon qilindi bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Chet tillar o‘qituvchilarining oylik maoshlariga ustama haq belgilash uchun 2021-yil 26-28-dekabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarinig uchta tarkibiy bo‘limi (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar) bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi.

O‘qituvchilar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Hozirda test sinovi natijasiga muvofiq tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan 50 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning yozma ishlari tekshirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek Davlat test markazi CEFR imtihoni namunaviy test topshiriqlar to’plami e’lon qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting