Ustoz va muallimlarimiz haqida eng sara she’rlar

1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bag’ishlangan eng sara she’rlar to’plami siz uchun maxsus.

Ustoz – otangday ulug‘

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Aziz muallim

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim

Fan bog‘ining bog‘bonisan, muallim,
Million dillar dostonisan, muallim.

Tavsiya etamiz  21 mart navro'z bayrami uchun tabrik sherlar va tilaklar to'plami

Sen urgatding ma’rifatdan zo‘r kitob,
Bul kitobki, nur sochishda zo‘r oftob.

Xazinasan, kalbing mehr daryosi,
Unda porlar uluhlarning ziyosi.

Dustlik, mardlik, sadoqatdan dars berding,
Aklu, idrok, farosatdan dars berding.

Butun umring joning fido farzandga,
Yetaklaysan doim oliy maksadga.

Baxtu, ikbol doim Senga yor bulsin,
Vatanimiz shonu shuxratga tulsin!!!

Ustoz

Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
Zamonlar o‘zgarar, asrlar o‘tar,
Quyoshdek o‘zgarmas Alifbe kitob.

Kundaligim varag‘ida baholar,
Goho a’lo, goho ikki jazolar.
Yo‘l topdik. Ranj chekkaningiz ganj bo‘ldi —
Bolalikda to‘g‘rilandi xatolar.

Esdalik daftarimni qo‘lga oldim,
O‘quvchilik davrimga nazar soldim.
Kechirgansiz qancha sho‘xligimizni,
Sabru-toqatingizga qoyil qoldim.

Keksa ustozimning sochlari oppoq,
Ko‘zlari mehribon chaqnaydi biroq.
Bilim va ma’rifat o‘rgatar hamon,
Hayot maktabida chalib qo‘ng‘iroq.

O‘qimasak, takror o‘qitgan, tolgan,
Manglayida qator ajinlar qolgan.
O‘sha ajinlari tufayli xalqni
Kelajakka eltar to‘g‘ri yo‘l solgan.

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor?

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alhol,
Uzib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimlardir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?…
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibqironlar
Pirim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirga yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrapni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tavsiya etamiz  Ona haqida sherlar to‘plami

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqilsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyquda shogirdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa—
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

Sizgadir yurakda asragan so`zim,
Тo mangu ta’zimda turaman o`zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

G`am ko`rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko`ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo`llarimda dildosh, deb bildim,
Yo`limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo`llarida yo`ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo`lida tolmang, Ustozim!

Usтozimga

Sof ezgulik tilagi,
U ham bizga onadir.
Ilm-u hikmat qasrida
Ilk ustoz yagonadir.

Тunlar sizga hamnafas,
Qog`oz, kitob uyulgan.
Qo`lingizda siyohdon
Dil mehringiz quyilgan.

Baholar a’lo, yaxshi,
Ayamaysiz maqtovni.
Charchamaysiz, hormaysiz,
Sabringiz baland tog`mi?!

Yillar o`tib ulg`ayib,
Bergan so`zim oqlayman.
Yuz yoshda ham shu holda
Тurishingiz xohlayman.

Olтin esdalik

Umrning eng go`zal lahzalarida
Do`stim, sen-la birga partadosh edik.
Iqbol kitobidan misralar o`qib,
Kamolot yoshiga yonma-yon yetdik.

Yurak eshigini qoqadi sog`inch,
Qaytmas kunlar yodi silar sochlarim.
Bir yorug` sinfda o`qib, sirlashib,
So`ng yuksakka uchgan qaldirg`ochlarim.

Ustozlar sabog`i dilimga tutash,
Oltin hikmatlarin yurakdan tuydim.
Maktab yillarida bahoga to`lgan
Jajji kundaligim avaylab qo`ydim.

Unutib bo`larmi o`sha damlarni,
Qayda bo`lmay hamroh munavvar yodi.
Sinfdoshlarimning umr yo`li keng,
Barq urgan tolega to`lsin hayoti.

Yuragimga joylandi

Quchog`ingga kelganimda,
Jajjigina qiz edim.
Senga hayrat-la boqqan,
Ikki chaqnoq ko`z edim.

Tavsiya etamiz  Diniy va Islomiy eng sara sherlar to‘plami

Kun sayin g`o`r dilimni,
Uyg`otardi saboqlar.
Men bag`ringda ko`p topdim,
Dugona-yu o`rtoqlar.

Yuragimga joylandi,
Ustozlarim so`zlari.
Maktabim, yo`llaringda,
Qoldi jajji izlarim.

Bir kuni shu izlardan,
Boradi mening ukam.
Men kabi quchoq ochib,
Kutib olgin uni ham.

Makтab chirog`i

Ustozlarni ko`p ulug`laymiz,
Otaga ham qiyosdir qadri.
Ey sinfdosh, o`ylab ko`r-chi bir
Тinglaymizmi, ustozning qalbin?!

Ustoz xuddi maktabga ziyo
Olib kirgan o`chmas chiroqdir.
Bu otashga tinmay kuch bergan
Shak-shubhasiz, bilim — mayoqdir.

Ey sinfdosh, ustozlar garchi
Koyisa ham xafa bo`lma hech.
Bilsang faqat u seni o`ylar,
Тo`g`ri yo`lga — bilimga yo`llar.

Shu bois — har soniyaning ham
Qadrin bilib yashamoq kerak.
Ustozlardan ko`p bilim olib
Kelajakka yuz ochsin tilak.

Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz

Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?

Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz—
Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

Ustozga

Ustoz! dili bahorim,
Buloqday beg‘uborim,
Ishongan suyanch tog‘im
Omon bo‘ling, ustozim.

Aqlimizga nur ziyo,
Mehribon padar go‘yo,
Berib ta’lim-tarbiya
Omon bo‘ling, ustozim.

Komil avlod bog‘boni,
Yuksaltuvchi vatanni,
Millatning sharaf-shoni
Omon bo‘ling, ustozim.

Qalbi daryo muallimlar

Siz, muallim inson uchun,

Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.

Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.

Navnihol bog’larning bog’boni
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!

Прокрутить вверх