Tavsiya etamiz
Vatan haqida eng sara sherlar to‘plami. Vatan bu ostonadan boshlanadi. Vatan ona kabi muqaddas, Vatan bu kindik qon to’kilgan zamin, ota tuproq. Vatanimizga hech qachon ko’z tegmasin yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo’lsin.
Mundarija
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Abdulla Oripov sheri
Men nechun sevaman O’zbekistonni
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo
Nechun Vatan,deya yeru osmonni
Muqaddas atayman,atayman tanho
Aslida dunyoda tanxo nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku,butun Osiyo
Men nechun sevaman O’zbekistonni
Bog’larin jannat deb,ko’z-ko’z etaman
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men
O’paman,tuprog’ing bebaho Vatan!
Aslida tuproqni odil tabiat
Taqsim aylaganku,yer yuziga teng
Nechun bu tuproq,deb yig’ladi Furqat?
O,Qashqar tuprog’i,qashshoqmiding sen?
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababin aytgin,desalar menga
Shoirona,go’zal so’zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:
Xalqim,tarix hukmi seni agarda
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding
Mehrim bermasmidim,o’sha muzlarga?
Vatanlar,Vatanlar mayli gullasin
Bog’ unsin mangulik muzda ham,ammo
Yurtim,seni faqat boyliklaring uchun
Sevgan farzand bo’lsa,kechirma aslo!
Vatanim Mahammad Yusuf
Aytgil do’stim,nima qildik Vatan uchun
Boshing egib,ta’zim ayla,shukrona ayt.
Sen guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan bo’lsang,tuproqqa qayt
Aytgil do’stim,nima Vatan uchun?
Shu soylardan suvlar urgin yuzingga sen
Bir bor nazar solgin bosgan izinga sen
Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen
Aytgil do’stim,nima qildik Vatan uchun?
Ko’zi qora,yuragi oq shu el uchun
Tuproq uchun,shu yurt uchun,chaman uchun
Ulug’ inson boshlab bergan shu yo’l uchun
Aytgil do’stim,nima qildik Vatan uchun?
Buncha bino qo’yma zarrin choponlarga
Saratonda yaproq bo’lgin dehqonlarga
Suyangani tayoq bo’lgin cho’ponlarga
Aytgil do’stim,nima qildik Vatan uchun?
Tavsiya etamiz: Askarlar haqida sherlar to‘plami
O’zbekiston
Qalblarda ko’p orzu-armon
Yashagin,deb alvon-alvon
Ter to’kamiz marjon-marjon
Mehribonim O’zbekiston
Taratib olamga shoning
Xirmonlardan toshsa doning
Nurday kulsa shirmon noning
Onajonim,O’zbekiston
Umidingmiz,bizga ishon
Ilmu fanda topib imkon
O’sib,yuzlab ochgaymiz kon
Jonajonim O’zbekiston
Dadil qadam tashlagaysan
Jahonaro yashnagaysan
Xalqni baxtga boshlagaysan
Baxt makonim O’zbekiston!
Vatan Abdulla Oripov
Agar do’stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo’lmas
Agar qilg’il necha fitna alarni ayratib bo’lmas
Demishlar:moru qushni bir qafasda asratib bo’lmas
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Vatan deb men. bayon qildim,ayo,do’stlar muxammasni
Vatanni kim ulug’ bildi,aziz bildim men ul kasni
Vatan deb jo’sh ursa ko’targum boshima xasni
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Nadomat birla boqg’ayman,vatansizlarga doim
Egib boshin zor yig’lar agarchi davlati qoyim
Faqir bo’lsam-da bor yurtim,toju-taxtim,borar joyim
Vatanda ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Diyorim O’zbekistondur,ki andin iftixorim bor
Demakkim,hur adolatlig’,davlati barqarorim bor
Onamdek mehribon,munis Vatan bor,g’amguzorim bor
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamandiz sayratib bo’lmas
Vatan sen hur,yo’ling shonli
qadamni tashlagin shaxdam
Faxrla boqg’ay Abdullo,ko’zi shodligidan nam
Panohingni tilab,Haqdin dilida iltijo har dam
Vatandan ayri ko’ngilni bilingki yayratib bo’lmas
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo’lmas
Ona yurtim
O’zbekiston go’zal yurtim
Bo’lsin omon osmonim
Quyosh tepangda tursin
Tinchlik bo’lsin zamonim
Osmoni.musaffo yurt
Yerda suvi zilolim
O’zbegim qo’ling yetsin
Butun jahonga doim
O’zbekiston elimga
Necha yillar yog’di qor
Endi quyoshi chiqdi
Qor ketib keldi bahor
O’z yurtidan ketganlar
Musofirlikda yurib
Tinchlik bayrog’i bilan
Quvonib kirib keldilar
Vatan uchun jon bergan
Do’stlar,oradan ketdi
Tumanli kunlar o’tdi
Istiqlol bizga yetdi
O’zbekiston ona yurtim
Bo’lsin omon osmonim
Quyosh tepangda tursin
Tinchlik bo’lsin zamonim