Davlat qabul komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi, deya xabar bermoqda DTM.
2021-2022-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
2021-2022 o’quv yili uchun barcha yo’nalishlar qabul kvotalarini ushbu sahifada yuklab olishingiz mumkin: 2021-2022 qabul kvotasi yuklab olish barcha yo’nalishlar
Abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) davom etadi.
My.dtm.uz sayti orqali ro’yhatdan o’tish va hujjatlarni onlayn topshirish uchun ushbu sahifada batafsil tushuncha berilgan: OTMlarga onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’riqnoma O’TISH.