Xalq taʼlimi vazirligi jurnalist va blogerlar oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Jamiyatda oʻqituvchilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yana-da oshirish, (https://telegra.ph/tanlov-03-12) ota-onalar hamda oʻquvchi yoshlar oʻrtasida taʼlim-tarbiyaning ahamiyatini keng targʻib etish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi

JURNALIST VA BLOGERLAR OʻRTASIDA TANLOV EʼLON QILADI

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

eng yaxshi bosma OAV jurnalisti;

eng yaxshi internet nashr jurnalisti;

eng yaxshi tele-jurnalist;

eng yaxshi radio-jurnalisti;

eng yaxshi fotosuratchi;

eng yaxshi bloger;

eng yaxshi videolavha;

Gʻoliblar quyidagi mezonlar boʻyicha aniqlanadi:

– Chuqur maʼnoli, yaxshi tadqiq etilgan, mazmundor material

– Misollar va ishonarli faktlarga asoslangan material

– Gʻoyasi aniq ifodalangan material

– Kreativ yondashuv

– Yoritishdagi mahorat

– Mavzuning dolzarbligi

– Materialni taqdim etish shakllarining yangiligi va oʻziga xosligi

– Ijtimoiy tarmoqlar yohud OAV orqali ommalashgani

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼat tomonidan baholanadi.

Tanlovda qatnashish istagidagi boʻlgan jurnalistlar oʻz ishlarini @tanlov_xtvbot manziliga yuborishlari lozim.

Ijodiy ishlar 2021-yilning 13-martidan 1-iyunigacha boʻlgan davrda taqdim etilishi va shu davr oraligʻida eʼlon qilingan boʻlishi shart.

Gʻoliblarni taqdirlash

Tanlov gʻoliblari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida eʼlon qilinadi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting