Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti, berilgan imtiyozlar, tartibi batafsil

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

Xotin-qizlarga ta’lim krediti

Prezidentning 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Kimlarga beriladi tartibi

✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari);
✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

✔️ Kunduzgi;
✔️ Sirtqi;
✔️ Kechki.

Quyidagilarga berilmaydi:

➖ super-kontrakt;
➖ qo‘shma ta’lim;
➖ masofaviy ta’lim;
➖ ikkinchi mutaxassislik;
➖ ordinatura.

❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

To‘g‘ri, ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi. Aniqrog‘i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos.

❓To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Qaysi banklar beradi?

1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qishloq qurilish bank
7. Turonbank
8. Orient finans bank
9. Milliy bank
10. O‘zsanoatqurilishbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank

Kerakli hujjatlar

1️⃣ bankka ariza;
2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
3️⃣ ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;
4️⃣ talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.

ℹ️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Xotin-qizlarga ta’lim krediti berish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar:

✅ ushbu ta’lim krediti barcha kursdagilar beriladi, birinchi kursmi, uchinchi kursmi, farqi yo‘q;

✅ ushbu ta’lim krediti oilaviy ahvolidan qat’i nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat «Ayollar daftari»ga kirganlarga, ehtiyojmand oilalarga beriladi, degan gap noto‘g‘ri;

❌ ushbu ta’lim kreditini olish uchun yosh chegarasi belgilanmagan, yuqoridagi postda aytilgan talablarga to‘g‘ri keluvchi istalgan yoshdagi xotin-qizlar olishlari mumkin;

✅ ushbu ta’lim krediti bir yil uchun beriladi, 4 yillikni umumlashtirib olib bo‘lmaydi. Lekin uni bir necha marta olish mumkin, bunga cheklov yo‘q. Ya’ni birinchi kursda olganlar, ikkinchi kursda yana olishlari mumkin;

✅ ushbu ta’lim kreditini oiladagi bir necha qiz farzandlar ham olishi mumkin, bitta oilaga faqat bir kishi degan cheklov yo‘q (faqat rasmiy daromadi bor kafil topilsa bo‘ldi);

❌ ushbu ta’lim krediti super-kontrakt, qo‘shma ta’lim va ikkinchi mutaxassislik uchun berilmaydi. Bunda super-kontrakt uchun faqat birinchi yilda berilmaydi, ammo ikkinchi va undan yuqori kurslarda oddiy kontrakt to‘lashlari hisobiga super-kontrakt bilan kirganlarga ham yuqori kurslarda ta’lim krediti beriladi;

💰ta’lim krediti faqat to‘lov-kontrakt summasi miqdorida beriladi. Masalan, aslida bir yillik kontrakt 10 mln so‘m bo‘lsa, 15 mln so‘m kredit olib bo‘lmaydi;

👨🏻‍🎓 yigitlarga ham ta’lim krediti beriladi, faqat ular uchun foizsiz emas, balki Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 15% — 2022 yil 21 iyulь holatiga) beriladi.

🔄 Ta’lim krediti olinganda uni to‘lash uchun sarflangan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod etiladi. Masalan, talabaning ota-onasi ta’lim kreditini to‘lash uchun oylik ish haqidan pul o‘tkazsa, unda o‘sha to‘langan qismi bo‘yicha oyligidan 12% pul qaytarib beriladi.

✅ ta’lim krediti summasini toki o‘qish tugashini kutib o‘tirmasdan vaqtliroq to‘lashni boshlasa ham bo‘ladi. Bo’ladi

❌ ushbu qaror avvalgi yillarda olingan foizli ta’lim kreditlariga taalluqli emas va avvalgi kreditlarning foizini bekor qilmaydi.

📆 Ushbu foizsiz ta’lim kreditini faqat yangi o‘quv yili uchun olish mumkin. O‘tgan yilgi qarzlarni yopish uchun berilmaydi.

✅ Xotin-qizlar uchun foizsiz ta’lim kreditlarini yuqorida ro‘yxati keltirilgan banklarda berish boshlangan. Bemalol banklarga murojaat qilsangiz bo‘ladi.

Ta’lim krediti olish uchun onlayn ariza berish tartibi batafsil bilib oling.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting