Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan qanday tavsiyanomalar beriladi kimlarga

Tavsiya etamiz

Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan 2 ta tavsiyanoma

Mundarija

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan

1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan grantga tanlov uchun tavsiyanoma haqida

Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

✔️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori(980 ming so‘m)ning 0,527 baravaridan (516 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;

✔️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✔️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

✔️ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✔️ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✔️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.

💻 Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi.

📤 Arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar

📋 2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

🙎‍♀️ 5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ariza uchun oxirgi muddat — 1-iyun.

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

🤵‍♀️2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.

Manba: @uztdi