Tavsiya etamiz
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma 2023-yil uchun arizalar qabuli boshlandi.
📥 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2000 nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.
🖥 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
✅ Ushbu tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
🖊 Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.
💻 Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.
🗓 Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.