Tavsiya etamiz
Xotirani yaxshilash va miya faoliyatini rag‘batlantirish uchun ko‘proq qanday mahsulotlar tanovul qilish kerak?
Tavsiya etamiz: Muvaffaqiyatga erishishning 10 ta siri
Tuxum
Ushbu mahsulot tarkibida ko‘plab vitaminlar, jumladan B12 hamda xolin moddasi mavjud. Odatda xolin moddasining tanqisligi eslash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. B12 vitamini esa miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
Koʻk choy
Ko‘k choy odamdagi xavotir, tahlika va qo‘rquvni nari ketkazadi, tushkunlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ishga bo‘lgan layoqatni oshiradi va xotirani yaxshilaydi.
Yasmiq
Yasmiq (chechevitsa) – tarkibida tabiiy oqsil jamlangan eng foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Foliy kislotasi, temir moddasi va В guruhidagi vitaminlarni ham aynan uning tarkibidan topasiz. Ushbu elementlar miya faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, atrofdagi hodisalarni teran anglash va voqealarni eslab qolishga yordam beradi.
Kakao
Xotira sustligidan aziyat chekuvchi insonlarga ko‘proq magniy, flavonoid va triptofan moddalari kerak bo‘ladi. Kakao esa mazkur moddalarning haqiqiy konidir.
Brokkoli
Ushbu mahsulotning foydali xususiyatlarini barmoq bilan sanab, tugatib bo‘lmaydi. Brokkoli inson organizmini tozalab, undan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tarkibidagi oqsil sharofati bilan xotirani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: Xabardor.uz