Yangi yil haqida eng sara sherlar to‘plami

Yangi yil bayrami haqida eng sar sherlar to‘plami. Yangi yil bayrami uchun eng sar sherlar to‘plami. 31-dekabr yangi yil haqida sherlar to’plamini qabul qiling sizlar uchun maxsus tayyorlandi.

Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon

Archalar shoxida turar tillo zar,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar.
Munglig‘ darchalardan boqdingiz sahar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Yog‘yotgan qor kabi ko‘nglingiz oqda,
Bu yerda hammasi yolg‘onu soxta.
Chakkangiz chetida ochilgan paxta,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Men yo‘q, qurum bosib yotar mo‘rilar,
Anori sochilib yotgan so‘rilar.
Bolam deb darvoza g‘amgin surilar,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

“Ketdik” der yuragim, sira ko‘nmadi,
To‘rt fasl dilimda rayhon unmadi.
Bu yerda bo‘ronlar hali tinmadi,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Bahorni sog‘indim ,kuzni angladim,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim.
Musofir kunlarda Sizni angladim,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Deysiz, sen kelguncha sira o‘lmayman,
Tangri der, har kimni har kun qo‘llayman.
Siz uchun xayrli duo yo‘llayman,
Yangi yil muborak bo‘lsin, onajon.

Yangi yil bilan azizim

Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yana sizga shirin so’z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Quvonch olib kelgin yangi yil

Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yildan mayli ginam yo‘q,
Unda topdim ibrat va yutuq,
Bir kami yo‘q, tugalu to‘liq
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Yaqinlarim qaddi tog‘ bo‘lsin,
Farzandlarim ko‘ngli chog‘ bo‘lsin,
Sog‘inganlarim ham sog‘ bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Yangi yil nutqi

Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar,
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz,
Eski yilni muddati,
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo’lib men ham,
Kelish navbatim yetdi.
Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman,
Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda,
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar,
Ham mehribon momolar.
Menda g’ayrat qilurman,
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o’qingiz,
Bilimlarni o’qingiz,
Siz o’sibsiz bir yoshga,
Yurt kon bo’lsin non oshga.

Yangi yil bo‘lsin muborak

Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.

Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko’rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak

Sizdanda eng baxtli inson bo’lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko’ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak

Qalbingizdan yiroq bo’lsin andux g’am,
Nogoh ko’zingizda ko’rmay sira nam,
O’zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.

Yangi yil kirib keldi

O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!

Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.

Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!

Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.

Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!

Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil!

Tavsiya etamiz: Qorbobo va Qorqiz haqida eng sara sherlar to‘plami

Mehmon bo’ldi yangi yil

Osmonlardan rang-barang zambaraklar mo’ralar,
Qong’iroqlar jarangi olam uzra taralar.
Yuzdagi tabassumlar quvonchlarni ulashar,
Ohangrabo sadolar davralarda qizishar.

Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil
Bu kechada barchamiz, mo’jizalar kutamiz,
Dilni charog’on aylab, zavqlik gashtin suramiz.

Tongacha o’yin-kulgu, raqslarga tushamiz,
Go’zal tilaklar aytib, qator-qator qo’shamiz
Eshik qoqib sho’x-shodon kirib keldi yangi yil,
Olis safarlar kezib, mehmon bo’ldi yangi yil.

Archalar bezatilgan, nozu ne’mat tortilgan,
Zebu zarlar har yonda, go’zal olam yoritilgan.
Iliq, shirin niyatlar, qadahlarda bitilgan,
Yangi yilning sevinchi yuraklardan otilgan.

Xush kelibsan yangi yil

Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!

Assalom yangi yil

Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!

Keldi yangi yil

Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!

Eski yil nutqi

Xayr, xayr mehmonlar,
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qildingiz,
Bir yil o’sib ulg’ayib.
Eski yilni kuzatib,
Yangisini qarshilabsiz.
Ko’rayapsiz jujoqmon.
Endi tilim chiqyapti,
Sizla o’sdim, o’rgandim,
Va bir yoshga ulg’aydim.
Muddatim tugab men ham
Ketish navbati yetdi.

Derazamda qor parcha

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.

Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.

Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.

Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

Yangi yil muborak

Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar,
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar,
Archani yonida go‘zal qizchalar,
Qarasam ularga hayolim olar.

Bugun mana hamma bahtli yuribdi,
Dillarga to’lgandir shirin orzular,
Vatanim yanada go’zal bo‘libdi,
Har yerda yangi yil shukuhi kezar.

Umrimizning o’tibdi yana bir yili,
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni,
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar,
Yangi yil muborak aziz odamlar.

Barchaga olib kelsin baht va omad,
Hammani ishida bo’lsin daromat,
Dildagi orzular bari ushalsin,
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin.

Yalmog’iz kampir sheri

Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.

Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!

Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.

Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.

Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo’p silab,
Aslo-aslo tindirmam.

Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.

Baxt sari yetkaz, yangi yil

Vatandosh, hayot hidi hulvoga to‘lsin,
E’zozli, ehsonli va erkli bo‘lsin.
Panohida yuring Parvardigorning,
Ishqiga chulg‘aning vafoli yorning.

Niyat tongday toza, qalbingiz oppoq,
Yuzingiz to‘lin oy misoli porloq.
Yengilish neligin bilmang hech qachon,
Ruhu jon mustahkam, qaddingiz ravon.

Kulgu, tantanaga serob yil yaqin,
Orzular ushalur, dilga dil yaqin.
Lahzalar tenglashib yuz asrlarga
Iliqlik uzatur pok nasllarga.

Gul tutay, g‘amlarni ketkaz, yangi yil!
Zor etma, baxt sari yetkaz, yangi yil!

Yangi yil archasiga

Bo‘ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.

Yangi yil bayramida,
Qorboboni kutamiz,
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.

Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.

Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.

31-Dekabr

Shaffof qadahlarda ko‘pirgan ne u?
Qo‘llarim, ne uchun titraysiz endi?
Oynada qahraton emas u, gul-ku,
Ertagacha hali bu tun uzundir.

So‘raymiz “Devonu lug‘otit turk”dan,
“Yil”, axir, ”yel» emas, titramang, ey dil.
“Yil”, axir, shunchaki guvranib yotgan
Poygadan shafqatsiz ezilgan yo‘ldir.

Kiprigim torida titrama, ey yosh –
Kiprigim toriga osilgan dunyo…
Dunyo, bu ne asror, meni qil ogoh:
Poyimda – xazonlar o‘ynar beparvo,

Ortimda – qirq yillik yashin urgan bog‘,
Ko‘ksimda – manguday guvlagan daryo…

Keldi mana yangi yil

Keldi mana yangi yil,
Sog’intirib dillarni,
Doim bahtga to’ldiring,
Sog’ingan ko’ngillarni.

Yuzingizdan tabassum,
Arimasin sira ham,
Qutlayman chin qalbimdan,
Bayramingiz bilan man.

Bir chetga surib g’amni,
Quving dildan alamni,
Sizni tabriklay deya,
Qo’lga oldim qalamni.

Qorbobo qopi

Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.

Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.

Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!

Yangi yilimiz

Orziqib kutilgan aziz mehmondek,
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.

Yangi yil kechasi

Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.

Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.

Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.

Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.

Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi.

Qorboboga hazil sher

Qorbobojon shu deseng.
Sendan bordir tilagim.
Van Damdikidek bo’sin.
Bu yil mani bilagim.

Malol kelmasa bobo.
Puldan bergin sal ko’pro.
Ishim doim yugursin.
Bo’masin xech muammo.

So’rashga ham xijolat.
Harkimga ham tol’e bu..
Ko’rsatib bir mahorat.
Sovg’a qilgin Malibu..

Pul endi qo’lni kiri.
Qo’lim shu yil kir bo’sin.
Tilaklarimdan biri.
Malibu pulga to’lsin.

Bobo endi bilasan.
Hammasi bir hal bo’sin.
Yangi yilda yor bergin.
Rayxondan go’zal bo’sin.

Uyimni ham bitiray.
Bir haftalik to’y qilay.
Shuncha qiynalib yurdim.
Shu yil bir xuzur ko’ray.

Kamtarona tilagim.
Bori shundan iborat.
Sezmoqdadur yuragim.
Bari bo’lar ijobat.

Yangi yilga yetdik

Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Yangi yil archasi

Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.

Qish boboning uyida,
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.

Ko‘ylagingga juda ko‘p,
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.

Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!

Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.

Yangi yil tonggi

Pok qalbli insonni qutlab — e’zozlab,
Baxtli tong otmoqda – yangi yil tongi.
Kelajak mexri-la dillarni sozlab,
Xusunkor yangraydi xayot oxangi.

Yangi yilda a’lo o’qiylik

Mana bugun xayr xo’sh,
Qilajakmiz sen bilan.
Yangi yilda o’qiylik
Faqat «to’rt-u» «besh» bilan.

Yangi yilni kutamiz

Sizni kutadi Vatan,
Kutar yorug’ Istiqlol.
Bolalar ochib dilni
Kitaylik Yangi yilni.

Yangi yilni qutlaymiz

Yangi yilning sovg’asi,
Bezatilgan archasi.
Biz ashula aytamiz,
Yangi yilni qutlaymiz.
Lay-lum, la-la-lum,

Tavsiya etamiz: Qor haqida eng sara sherlar to‘plami

Yangi yilim – yaxshi yilim

Xush kelibsan Yangi yilim.
Yildan-yilga Yaxshi yilim.
Maktabimda O’z safimda
Quvnab-quvnab Oldim bilim.
Bayram to’ying Qo’shiq kuying,
Ochar doim Bahri dilim.
Yangi yilim -Yaxshi yilim.

* * *

Yam yashil kiyingan to’nli bir daraxt,
Qaddini roslagan viqorday turib.
Dilda quvonch, shodlik qo’llarda qadah,
Yangi yil kelmoqda eshikni urib.

Ko’zlarim intizor suyunar yurak,
Qorbobo qanikan qorqizdir bo’lak
Qorbobo deb chaqir balki kelar,
Kelmasa qorqiz ham yozgacha qolar.

Manba: uzbaza.uz

Tavsiya etamiz