Ushbu sahifada Yaxshi soʼz va yomon soʼz haqida maqollar keltirilgan
Аytar soʼzni ayt,
Аytmas soʼzdan qayt.
Аytilgan soʼz — otilgan oʼq.
Аnjom — uy ziynati,
Soʼz — inson ziynati.
Аriqni suv bezar,
Odamni — soʼz.
Аchchiq savol berib,
Shirin javob kutma.
Аchchiq til — zahri ilon,
Chuchuk tilga — jon qurbon.
«Barakalla»ga qui mehnat qilib oʼlar.
Bemorga shirin soʼz kerak,
Аqlsizga — koʼz.
Bir tavakkal buzadi,
Ming qaygʼuning qalʼasin.
Bir shirin soʼz bitkazar,
Ming koʼngilning yarasin.
Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
Bir — yomon gap.
Birovning oʼzi gʼar,
Birovning soʼzi gʼar.
Bugʼdoy noning boʼlmasin,
Bugʼdoy soʼzing boʼlsin.
Gap egasini topar.
Gapda gʼiybat yomon,
Dardda — quyanchiq.
Gapdan gap chiqar,
Choʼpdan — xas.
Gapi gapga oʼxshamas,
Ogʼzi gapdan boʼshamas.
Gapi sassiqning oʼzi sassiq.
Gapi toʼmtoqning oʼzi toʼmtoq.
Gapi toʼngning oʼzi toʼng.
Gapni gap ochar,
Yomon gapdan qochar.
Gapning yomoni pichir.
Gapning ozi yaxshi,
Qizning — nozi.
Gapning qisqasi — yaxshi,
Qisqasidan hissasi — yaxshi.
Goʼsht-yogʼ berma, yaxshi til ber.
Donning achchigʼi yaxshi,
Soʼzning — shirini.
Dunyoni yel buzar,
Odamni — soʼz.
Duo bilan el koʼkarar,
Yomgʼir bilan yer koʼkarar.
Duo olgan koʼkarar,
Tuhmat olgan oqarar.
Duo olgan omondir,
Qargʼish olgan yomondir.
Doʼst orttiraman desang,
Shirin suhbat qil.
Dushman orttiraman desang,
Chaqirtikan boʼl.
Yomon gap — bosh qozigʼi,
Yaxshi gap — jon ozigʼi.
Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
Yomon gap tarsakidan yomon.
Yomon gapning oyogʼi olti.
Yomon soʼz boʼlmasa,
Yaxshi soʼz boʼlmaydi.
Yomon soʼz egasiga qaytar.
Yomon soʼzlab sovutma,
Jon ogʼritib ovutma.
Yomon soʼzning qanoti bor.
Yomon til boshga balo keltirar,
Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.
Yomon til yo jonga urar,
Yo — imonga.
Yomonning tili bor,
Yaxshining — dili.
Yomonning yuzi qursin,
Gapirgan soʼzi qursin.
Yomonning yaxshi soʼzidan,
Yaxshining yomon soʼzi yaxshi.
Jikli qargʼish jigini topar,
Jiksiz qargʼish — oʼzini.
Zahar til suyakni yorar.
Iliq soʼz — shakar,
Sovuq soʼz — zahar.
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq soʼz jonni ilitar.
Yoʼl quvgan xazinaga yoʼliqar,
Soʼz quvgan — baloga.
Kishining oʼzi yetmagan yerga soʼzi yetar.
Kuch egmaganni soʼz egar.
Koʼzdan koʼzing toysa,
Soʼzdan koʼngling toyar.
Koʼngilni qoʼl bilan ovlamasang,
Til bilan ovla.
Koʼngilsiz gapning kechikkani yaxshi.
Koʼp gap — eshakka yuk.
Mazali soʼzga quloq charchamas.
Maʼqul gapga qoruv yoʼq.
Ming chechanni bir ezma yengar.
Muzdan suv tomar,
Soʼzamoldan — bol.
Ovni — oziq bilan,
Odamni — soʼz bilan.
Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — soʼz.
Odam gap bilan,
Hayvon oʼt bilan.
Odam soʼzi bilan sinalar,
Osh — tuzi bilan.
Odam — soʼzlashguncha,
Yilqi — kishnashguncha.
Odam soʼzlashib tanishar,
Hayvon — hidlashib.
Odam soʼzlashar,
Hayvon yalashar.
Oz gapir — soz gapir.
Olim soʼzi oz,
Oz boʼlsa ham soz.
Orqadagi gap — ogʼildagi tezak.
Ochiq til osh yedirar,
Аchchiq til tosh yedirar.
Oq degani — olqish,
Qora degani — qaigʼish.
Ogʼizga kelgan soʼz arzon,
Ovulga kelgan boʼz arzon.
Ogʼizdan chiqqan soʼz qaytmas.
Ogʼrigan joyga qoʼl yugurar,
Ogʼritar soʼzga til yugurar.
Pichir-pichirdan oʼt chiqar.
Puling boʼlmasa, boʼlmasin,
Shirin soʼzing boʼlsin.
Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan koʼp yashar.
Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.
Sel ariqni buzar,
Yomon soʼz — dilni.
Sen ham bir ogʼizdan,
Siz — ham.
Sovuq gap yurakni muzlatar.
Suv oʼz yoʼlini topar,
Soʼz — oʼz egasini.
Suvni sevgan suv keltirar,
Soʼzni sevgan soʼz keltirar.
Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
Suyaksiz til suyak sindirar.
Soʼz — bir, sayqal — qirq.
Soʼz kaltada,
Un xaltada.
Soʼz koʼrki — maqol.
Soʼz nayzadan oʼtkir.
Soʼz oyoqdan ilgari borar.
Soʼz ojizi boʼlguncha,
Koʼz ojizi boʼl.
Soʼz suyakdan oʼtar,
Tayoq — etdan.
Soʼz chumchuq emas,
Ogʼizdan chiqsa, tutib boʼlmas.
Soʼz emgak boʼlar,
Boʼz — koʼylak.
Soʼzda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
Soʼzdan soʼzning farqi bor,
Oʼttiz ikki narxi bor.
Soʼzdan soʼz chiqar,
Soʼzlamasang na chiqar.
Soʼzi nodurustning oʼzi nodurust.
Soʼzlagandan soʼzlamagan yaxshiroq,
Soʼzlab edim, boshimga tegdi tayoq.
Soʼzni bir ezmadan soʼra,
Bir — kezmadan.
Soʼzni soʼz ochar.
Soʼzning boyligi — odamning chiroyligi.
Soʼzning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
Soʼzning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
Tayogʼi yoʼgʼon birni urar,
Soʼzi yoʼgʼon mingni urar.
Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
Taom lazzati oʼzida.
Odam lazzati — soʼzida.
Til — aql bezagi.
Til — aql tarozusi.
Til — aql oʼlchovi.
Til bor, bol keltirar,
Til bor, balo keltirar.
Til — dil kaliti.
Til — dil tarjimoni.
Til — dil jarchisi.
Til tigʼi qilich tigʼidan oʼtkir.
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Til tigʼdan oʼtkir.
Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz.
Tilga eʼtibor — elga eʼtibor.
Tilga ehtiyot — elga ehtiyot.
Tili nopok — oʼzi nopok.
Tili shirinning doʼsti koʼp.
Tilingda boʼlsa boling,
Kulib turar iqboling.
Tilni bogʼla dil bilan,
Dilni bogʼla til bilan.
Tigʼ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
Toza suvni yer olar,
Yaxshi soʼzni el olar.
Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
Tuya ham muomalaga choʼkar.
Toʼqson ogʼiz soʼzning toʼqsonta tuguni bor.
Uzun til — boshga toʼqmoq,
Boʼyinga — sirtmoq.
Uzun til — umr zavoli.
Uzun tilim — uzgun tilim,
Qisqa tilim — tizgin tilim.
Fil koʼtarmaganni til koʼtarar.
Xabar — shamoldan tez.
Xotin soʼzini qondirar,
Er urugʼidan tondirar.
Xushxabaming qanoti bor.
Chin soʼz — moʼtabar,
Yaxshi soʼz — muxtasar.
Shakar ham tilda,
Zahar ham tilda.
Shirin soʼz shakardan shirin.
Shirin soʼz oʼlikni ham tiriltirar.
Shirin soʼz — qaymoqli ayron,
Аchchiq soʼz — boʼyniga arqon.
Shirin soʼzh shoh kosasida suv ichar.
Shirin-shirin soʼzlasang,
Ilon inidan chiqar.
Аchchiq-achchiq soʼzlasang,
Musulmon dinidan chiqar.
Shirin yuzingdan shirin soʼzing aʼlo.
Egasiz qargʼish egasini topar.
El bor yerda soʼz bor.
El qoʼshiq bilan tirik.
El gʼaznasi — eski soʼz.
Eldagi gap — dildagi gap.
Elli(k) gapdan belli gap yaxshi.
Elni sevsang, elcha gapir.
Er boyligi — yoʼlda,
Soʼz boyligi — tilda.
Er — lafzidan,
Qoʼy — boʼgʼzidan.
Er soʼzi — el soʼzi.
Etigi yomon toʼr bulgʼar,
Ogʼzi yomon — el.
Yuz yuzdan shirin,
Soʼz soʼzdan shirin.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Yaxshi gapga quloq sol,
Yomon gapga uloq sol.
Yaxshi gapning ham qulogʼi bor,
Yomon gapning — ham.
Yaxshi naql — tomiri aql.
Yaxshi osh berguncha, yaxshi soʼz ber.
Yaxshi ogʼizga — osh,
Yomon ogʼizga — tosh.
Yaxshi soʼz boldan shirin.
Yaxshi soʼz boʼldiradi,
Yomon soʼz kuydiradi.
Yaxshi soʼz iydirar,
Yomon soʼz bezdirar.
Yaxshi soʼz kuldirar,
Yomon soʼz oʼldirar.
Yaxshi soʼz — koʼngil podshosi.
Yaxshi soʼz suyuntirar,
Yomon soʼz kuyuntirar.
Yaxshi soʼz toʼrga eltar,
Yomon soʼz — goʼrga.
Yaxshi soʼz — yurak yogʼi,
Yomon soʼz — yurak dogʼi.
Yaxshi soʼz — yurakka malham,
Yomon soʼz — yurakka gʼam.
Yaxshi soʼz qand yedirar,
Yomon soʼz pand yedirar.
Yaxshi soʼzga uchar qushlar el boʼlar,
Yomon soʼzga pashsha kuchi fil boʼlar.
Yaxshi soʼzdan — vafo,
Yomon soʼzdan — vabo.
Yaxshi soʼzdan moy eriydi,
Yomon soʼzdan soy quriydi.
Yaxshi soʼzning mazzasini bilmagan,
Yomon soʼzning izzasini bilmas.
Yaxshining soʼzi — oltin,
Yomonning soʼzi — bolta.
Yaxshining soʼzi toshni eritar,
Yomonning soʼzi boshni chiritar.
Yaxshining soʼzi — qaymoq,
Yomonning soʼzi — toʼqmoq.
Yaxshi-yaxshi desa,
Kunda tariqday yaxshilik qoʼshilar emish.
Yomon-yomon desa,
Kunda tariqday yomonlik qoʼshilar emish.
Oʼz aqling aqldir,
Elning aqli naqldir.
Oʼzi sovuqning — soʼzi sovuq.
Oʼziga boqma, soʼziga boq.
Oʼn ogʼiz soʼz ming ogʼiz boʼlar.
Oʼtarchining nashtari yeng ichida,
Zahar xotin nashtari til uchida.
Oʼttiz tishdan chiqqan soʼz,
Oʼttiz uruqqa tarqalar.
Oʼq birni oʼldirar,
Soʼz — mingni.
Qargʼishning ikki uchi boʼlar.
Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.
Qizil tilim boʼlmasa,
Qishlar edim elimda.
Yashil tilim boʼlmasa,
Yayrar edim elimda.
Qizil tilim tiyolmadim,
Qizimnikiga borolmadim.
Quloqdan kirgan sovuq soʼz
Koʼngilga borib muz boʼlar.
Quruq soʼz bosh ogʼritar,
Yoriq qoshiq ogʼiz yirtar.
Qoʼyning qimmati — yungida,
Odamning qimmati — soʼzida.
Qoʼtir qoʼldan yuqar,
Balo — tildan.
Har kim oʼz till bilan tirik.
Har mevaning poʼchogʼi bor,
Har soʼzning oʼlchovi bor.
Hikmat — bir hovuch oltin.