Yosh chaqologʻim bor talabalar uchun oʻqishimni onlayn qilsa boʻladimi?

Abituriyent ruxsatnomasi 2022 yuklab olish:

2 oylik chaqologʻim bor. Oʻqishimni onlayn qilsam boʻladimi? Savolga bu savolga Oliy ta’lim vazirligi javobni ma’lum qildi.

✅ JAVOB:
Maʼlumki, Hukumat qarori bilan talabalarga akademik ta’til berishning yangicha tartibi o‘rnatilgan.

Unga koʻra oliy ta’lim muassasalari talabalariga bolalarni yoki oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga (agar OTMda bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa) o‘tkazilishi mumkin.

Bunda talaba OTMdan chetlashtirilgan hisoblanmaydi.

Yuqoridan kelib chiqib, Siz universitet rahbari nomiga akademik taʼtil olish uchun ariza bilan murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting