Yurak sog‘lom bo‘lishi uchun foydali 10 ta tavsiya

1. Erta saharda anor, tushda piyozli ovqat, kechqurun uxlash oldidan asal yeyilsa, qon ko‘z yoshidek tiniq bo‘ladi. Bu, yurak faoliyat uchun juda zarur.

2. Bug‘doy kepagi qo‘shib tayyorlanadigan non, suyuq bo‘tqa, atala yeyish yurak xurujiga qarshi foyda beradi.

3. Yurak o‘ynog‘ida, bosh aylanishida limonning nafi tegadi.

4. Yuragi xasta odam kishmish uzumi pishgan mavsumda har kuni undan iloji boricha ko‘proq yesa, shifo topadi.

5. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun zira solingan ovqat, yong‘oq, sholg‘om dimlamasi, mo‘miyo, kunjut yog‘i, tut mevasi iste’mol qilish, za’faron solingan choy ichib turish kerak.

6. Quritilgan o‘rikdan 500 gramm olib, 3 litr idishga qaynoq suv bilan damlanadi. Bu o‘rik sharbatidan kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir piyola ichiladi.

7. Behi urug‘ini yanchib iste’mol qilish yurak xastaligiga davo.
8. Pomidor yurak faoliyatini yaxshilaydi.

9. Ko‘k choy qonni suyultiradi, tomirlarni kengaytiradi, qon yurishini yaxshilaydi.

Tavsiya etamiz  Tish milki nega ogriydi?
Прокрутить вверх