Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari e’lon qilindi

Tavsiya etamiz

2021/2022 o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga abiturientlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlarga jami 3180 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi ta’lim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta o‘rin ajratilgan.

Qabulning hudud va ta’lim tili kesimidagi parametrlari bilan rasmdagi jadvallarda tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz: Test sinovlarida nogiron abituriyentlarga qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

Tavsiya etamiz: Prezident maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi qanday?

Yuridik texnikumlarga hujjatlarini qabul qilish 2021 yil 1 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz: DTM 2021 yilgi namunaviy test savollarini e’lon qildi.