Zahriddin Muhammad Bobur sara ruboiylari to’plami

Zahiriddin Muhammad Bobur eng sara Ruboiylari — Ushbu Ruboiylarda Boburning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Ushbu to’plamdan o’zbek mumtoz adabiyotining eng sara ruboiylari o’rin olgan.

Zahriddin Muhammad Bobur Ruboiylari

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yahshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Har neniki sevmak andin ortiq bo’lmaz,
Andin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,
Sen shu’lasen,ul shu’lag’a men kuldirmen.
Nisbat yo’qdur,deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga,vale senga quldurmen.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Tavsiya Etamiz O’qing: Zahriddin Muhammad Bobur sara g’azallari to’plami

Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir — birini necha kuni g’animat tutungiz.

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
G’urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

Tavsiya etamiz  Nodira g’azallari va she’rlar to’plami

Taqdir yuki boshimga balolig’ bo’ldi,
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,
Oz yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Jono, bitigingki, bo‘ldi marqum manga,
Mehnat bila g‘amni qildi ma’dum manga.
Ko‘rgach ani garchi shod behad bo‘ldum,
Mazmuni, vale, bo‘lmadi ma’lum manga.

Ne ishratu aysh uchun mayi nob manga,
Ne toat uchun go‘shai mehrob manga,
Ne fisq qilurg‘a bordur asbob manga,
Ne zohid o‘lurg‘a toqatu tob manga.

To bo‘lg‘ali dildor o‘shal oy manga,
Holimni bilib, qilmadi parvoy manga.
Men asru harobu yor ko‘p mustag‘niy,
Ey voy manga, voy manga, voy manga!

Xush ulki, ko‘zum tushti sening ko‘zushta,
Bevosita holimni desam o‘zungga,
Bermay so‘zuma javob achig‘lanasen,
Qilding meni muhtoj chuchuk so‘zungga.

Asru ko‘p emish jur’atu ximmat sizga,
Ro‘ziy qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig‘ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga!

To qildi meni firoq aro yod Habib,
Mahjur ko’ngulni ayladi shod Habib,
Gar vasli muyassar o’lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod Habibu ohu faryod Habib!

Tavsiya etamiz  O’zbegim qizlari Ismlariga sherlar

Ey qomatu sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, — yetkamen vaslingga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
E kel bu sorig’a yo meni o’zungga qot!

Bu qoziyu fosiqqi, yubordim sanga bot,
Sen dog’i uzatqil botu ham badarqa qot!
Gar xotiring istasa yiborgil savg’ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.

Keldi Ramazonu men taqi bodaparast,
Iyd o’ldiyu zikri may qilurmen payvast,
Ne ro’zayu ne namoz yillar, oylar;
Tun — kun mayu ma’jun bila devonayu mast.

Zahiriddin Muhammad Bobur Tuyuqlari

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga,
Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.
O‘qung etti ko‘p yamon yoro manga,
Marhami lutfung bila yoro manga.

Qadimni firoq mehnati yo qildi,
Ko‘nglum g’am-u anduh o‘tig’a yoqildi.
Holimni sabog’a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi.

Manba https://tafakkur.net/vasldin-soz-derga-yoq-yoro-manga/zahiriddin-muhammad-bobur.uz

Mavzuga doir:
👉 Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar.

👉 Zahiriddin Mahammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir senariylar yuklab oling

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung hur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung hur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.
Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magar inson.
Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.
Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.
Chu Bobur sanga quldur, nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.
Прокрутить вверх